SAT online platforma: Reading & Writing 200 dan 800 gacha

SAT Ustoz — Digital SAT Reading and Writing bo‘limiga onlayn tayyorlanish uchun platforma. Bepul practice testdan boshlang, keyin ustoz tuzgan roadmap bo‘yicha bosqichma-bosqich o‘qing: har bir natijangizni ustoz ko‘rib boradi.

Bepul SAT testni boshlash

Bepul akkaunt ochish

SAT Ustoz platformasida nimalar bor

Qanday ishlaydi

  1. Darajangizni bilib oling. Bepul practice test 32 daqiqa davom etadi va qaysi skill‘larni birinchi o‘rganish kerakligini ko‘rsatadi.
  2. Roadmap bo‘yicha o‘qing. Video dars, qoidalar, mashq va level check: 80% olsangiz keyingi dars ochiladi.
  3. Har kuni mashq qiling. Yangi savollar, xatolar daftari va mock testlar bilan taxminiy ballingiz o‘sib borishini kuzating.

Kimlar uchun

SAT‘ga Toshkentda, viloyatlarda yoki chet elda onlayn tayyorlanayotgan o‘quvchilar uchun: endi boshlayotganlardan 700+ ball olmoqchi bo‘lganlargacha. Platforma ingliz tilida, maslahatlar va qo‘llab-quvvatlash o‘zbek tilida.

Ustoz haqida

Platformani SAT o‘qituvchisi Axror Alimjon yaratgan: maqsad — O‘zbekistondagi har bir o‘quvchi tasodifiy testlar bilan emas, haqiqiy ustoz metodikasi bilan tayyorlansin. Batafsil

Foydali maqolalar

Ko‘p beriladigan savollar

SAT online platforma nima?

SAT online platforma — SAT imtihoniga internet orqali tayyorlanish uchun sayt: darslar, savollar banki, testlar va natijalar tahlili bir joyda. SAT Ustoz Digital SAT Reading and Writing bo‘limiga ixtisoslashgan va ustoz nazorati bilan ishlaydi.

SAT Ustoz‘da bepul nima bor?

Ro‘yxatdan o‘tmasdan bepul SAT practice test (27 savol, 32 daqiqa), har kuni bepul savollar, haftasiga bitta full mock va roadmap‘ning birinchi darslari.

Testlar haqiqiy SAT‘ga o‘xshaydimi?

Ha. Test oynasi Bluebook uslubida: chapda matn, o‘ngda savol, highlight, javobni chizib tashlash, Mark for Review va taymer. Full mock‘da Module 1 natijasiga qarab Module 2 qiyinroq yoki osonroq bo‘ladi, ball 200–800 shkalada chiqadi.

Telefonda ishlaydimi?

Ha. Platforma telefonda ham to‘liq ishlaydi, uni “Bosh ekranga qo‘shish” orqali ilova kabi o‘rnatish mumkin. Internet uzilib qolsa, javoblaringiz telefonda saqlanadi va internet qaytganda yuboriladi.

Math bo‘limi ham bormi?

Hozircha SAT Ustoz Reading and Writing bo‘limiga ixtisoslashgan. Ball kalkulyatorida Math ham hisobga olinadi.

© 2026 SAT Ustoz · ustozsat.uz · SAT is a trademark of the College Board, which does not endorse this site.