SAT — College Board tashkil etadigan xalqaro imtihon. AQSh va boshqa davlatlardagi ko‘plab universitetlar qabulda SAT natijasini qabul qiladi. Hozir SAT kompyuterda, Bluebook dasturida topshiriladi.
Har bo‘limda birinchi modul hamma uchun bir xil. Birinchi modulni qanchalik yaxshi ishlaganingizga qarab ikkinchi modul qiyinroq yoki osonroq bo‘ladi. Yuqori ball olish uchun birinchi modulni yaxshi ishlash muhim: oson ikkinchi modulda maksimal ball cheklangan bo‘ladi.
Har bir bo‘lim 200 dan 800 gacha baholanadi, umumiy ball 400–1600. Ball faqat to‘g‘ri javoblar soniga emas, savollarning qiyinligiga ham bog‘liq. Noto‘g‘ri javob uchun ball ayirilmaydi, shuning uchun har bir savolga javob bering.
Avval darajangizni biling: bepul SAT practice test 32 daqiqada qaysi skill‘lar zaif ekanini ko‘rsatadi. Keyin SAT Ustoz roadmapi bo‘yicha o‘qing.
© 2026 SAT Ustoz · ustozsat.uz · SAT is a trademark of the College Board, which does not endorse this site.